7 kun bepul

Restoraningiz bitta tizimda ishlaydi

Ofitsant buyurtmani telefonda oladi, oshpaz o'z ekranida ko'radi, kassir bir tugmada hisobni yopadi. Siz esa uydan turib hammasini kuzatasiz.

7 kun bepul ishlatib ko'rasiz. O'rnatib beramiz va xodimlarni o'rgatamiz.

KassaTezzPOS kassa ekrani: ZAL 5-stol buyurtmasi, xizmat haqi bilan jami 143 000 so'm
Ofitsant telefoniOfitsant telefonida menyu va KABINA 1 buyurtmasi
Oshxona ekraniOshxona ekrani: navbat bilan 4 ta buyurtma, Boshlash va Tayyor tugmalari

Bitta buyurtmaning yo'li

Qog'oz, baqiriq va «qaysi stolniki edi?» degan savollarsiz. Har bir qadam ekranda ko'rinib turadi.

  1. Ofitsant

    Stolda buyurtma oladi

    Telefonda taomni tanlaydi: dona, kilogramm yoki «100 ming so'mlik» deb summa bilan.

  2. Oshpaz

    Ekranda navbat ko'rinadi

    Faqat taomlar tushadi, kelish tartibida. Oshxona printeriga chek o'zi chiqadi.

  3. Kassir

    «Tayyor» xabari keladi

    Kassa qaysi buyurtma pishayotganini va qaysi biri tayyorligini ko'rib turadi.

  4. Mijoz

    Hisob yopiladi

    Naqd, karta, Click yoki qarzga. Chek QR bilan chiqadi, mijozga 1% keshbek yoziladi.

Har kim o'z ekranida

Bular dasturning haqiqiy ekranlari — reklama uchun chizilgan rasm emas.

Oshxona ekrani
Oshxona. Buyurtmalar kelish tartibida raqamlanadi. Oshpaz «Boshlash» bossa — kassada «Tayyorlanmoqda» yonadi.
Ofitsant telefoni
Ofitsant. Telefonda menyu, kilogramm yoki summa bo'yicha kiritish, «Oshxonaga yuborish».
Kassa: navbatdagi buyurtmalar
Kassa navbati. Olib ketish va stollar bitta ro'yxatda: qaysi biri pishmoqda, qaysi biri tayyor — to'lovgacha.

Restoranga kerak bo'lgan hamma narsa

Alohida dasturlar, daftarlar va Excel jadvallari o'rniga — bitta tizim.

Kassa

Kompyuter yoki planshetda. Stollar, olib ketish va yetkazib berish. Prechek bir tugmada.

Oshxona ekrani

Buyurtmalar navbat bilan, «Boshlash» va «Tayyor» tugmalari. Kechikayotgan buyurtma qizil bo'ladi.

Ofitsant telefoni

Hech narsa o'rnatish shart emas — telefonda sahifa ochiladi. Stol band yoki bo'shligi ko'rinadi.

Ombor

Xomashyo kirimi va qoldig'i. Taom sotilganda retsept bo'yicha o'zi ayiriladi, kamaysa ogohlantiradi.

Maosh va davomat

Xodim QR kod bilan kelib-ketishini belgilaydi. Avans, jarima, qarz — maosh o'zi hisoblanadi.

Keshbek

Mijoz har xariddan 1% oladi va keyingi safar shu restoranda ishlatadi. Qaytib keladigan mijoz — doimiy daromad.

Direktor nazorati

Bugungi savdo, xarajatlar va hisobotlar — telefoningizda, istalgan joydan.

Ma'lumot yo'qolmaydi

Har kuni avtomatik zaxira olinadi. Har bir xodim faqat o'z login-paroli bilan kiradi.

Haqiqiy restoranda har kuni ishlaydi

TezzPOS Shihlar Baliqxonasi uchun yaratilgan va o'sha yerda kundalik ishda sinalgan: kilogrammlab baliq sotuvi, gavjum oqshomlar, oshxona va zal bir vaqtda. Har bir yangi imkoniyat avval shu yerda tekshiriladi.

Hozir ishlamoqda

Qanday boshlanadi

Yangi kompyuter sotib olish shart emas — bor qurilmalaringiz yetadi.

  1. Bog'lanasiz

    Restoraningiz haqida qisqacha aytasiz: nechta stol, qanday taomlar, nechta xodim.

  2. Biz sozlaymiz

    Menyu, stollar va xodimlarni kiritamiz, printerlarni ulaymiz, xodimlarni o'rgatamiz.

  3. 7 kun bepul ishlatasiz

    Yoqsa — davom etasiz. Yoqmasa — hech narsa to'lamaysiz.

Narx restoraningizga qarab

Oylik to'lov stollar, filiallar va kerakli imkoniyatlar soniga bog'liq. Yozing — 5 daqiqada aniq narxni aytamiz.

Narxni bilish

Ko'p beriladigan savollar

Qanday qurilmalar kerak?

Kassa uchun oddiy kompyuter yoki planshet, oshxonaga ekran (eski monitor yoki planshet ham bo'ladi), ofitsantlarga o'z telefonlari. Chek printeri bo'lsa — ulaymiz.

Internet uzilsa nima bo'ladi?

Kassani restoran kompyuteriga o'rnatsak, internetsiz ham ishlaydi — kassa, oshxona va ofitsantlar restoran Wi-Fi'si orqali ulanadi. Internet faqat direktor uydan kuzatishi uchun kerak.

Xodimlarimiz o'rganib keta oladimi?

Tizim to'liq o'zbek tilida va telefondagi oddiy ilovadek ishlaydi. O'rnatgan kuni xodimlarga o'zimiz ko'rsatib beramiz.

Ma'lumotlarim kimda saqlanadi?

Savdo, xodimlar va hisobotlar faqat sizning restoraningizga tegishli. Har bir xodim o'z paroli bilan kiradi, direktor hamma narsani ko'radi. Har kuni avtomatik zaxira olinadi.

Bir nechta filialim bor — bo'ladimi?

Ha. Har bir filial o'z kassasi, oshxonasi va hisobotlari bilan alohida ishlaydi. Keshbek esa qaysi filialda olingan bo'lsa, o'sha yerda ishlatiladi.

Telegram Qo'ng'iroq